Ko'p beriladigan savollar
Mafia Town bepulmi?
Ha. O'ynash, barcha rollar, xonalar, ovozli o'yin, kosmetika va ovozli emote'lar tekin. Pullik faqat ixtiyoriy kuchaytirgichlar - ularsiz ham to'liq o'ynaysiz.
Yuklab olish yoki ro'yxatdan o'tish kerakmi?
Yo'q. O'yin Telegram ichida Mini App bo'lib ochiladi - @MafiaTownGameBot. Brauzerda play.mafia-town.idroktech.uz orqali Telegram akkaunt bilan kirasiz.
Qaysi tillarda?
O'yin o'zbek va rus tillarida. Tilni sozlamalarda istalgan payt almashtirasiz.
O'ynash uchun necha kishi kerak?
Bir o'yinda 6 dan 30 gacha o'yinchi. Odam yetmasa, xona egasi bo'sh joylarni botlar bilan to'ldiradi - yolg'iz o'zingiz ham botlar bilan o'ynashingiz mumkin.
Do'stlarim bilan qanday o'ynayman?
Yopiq xona oching va 6 belgili kodni yoki xona havolasini do'stlaringizga yuboring. Ilovadagi do'stlaringizga bir bosishda taklif ham yuborasiz.
Bir o'yin qancha davom etadi?
Bitta raund taxminan 3,5 daqiqa, o'yin odatda 3-6 raundda tugaydi - taxminan 10-20 daqiqa. Hamma tez harakat qilsa, tun erta tugaydi.
Botlar sun'iy intellektmi?
Yo'q. Botlar qoidalar asosida o'ynaydi, faqat o'zi ko'rgan narsani biladi va boshqa botlar bilan ma'lumot almashmaydi. Oson, O'rta va Qiyin darajalari bor.
Ovozli xona qanday ishlaydi?
Xona ochishda ovozli rejimni tanlaysiz. Kunduzi tiriklar gapiradi, tunda mafiya o'z kanalida, o'lganlar esa o'liklar kanalida gaplashadi. Mikrofon tugmasini bosib turib gapirasiz.
O'lsam nima bo'ladi?
O'yinni tomosha qilishda davom etasiz, o'liklar chatida gaplashasiz va 45 soniya ichida bir marta vasiyat qoldirasiz - uni hamma ko'radi.
Kuchaytirgich nima va qanday to'lanadi?
Kuchaytirgich - bir o'yinlik imkoniyat: himoya, tirilish, ovozdan qutulish yoki rol/tomon tanlash. Bir o'yinda bittasini ishlatasiz. To'lov Click orqali; har 5 darajada va 7 kunlik mukofotda tekin ham beriladi.
Brauzerda o'ynasam progressim saqlanadimi?
Ha. Brauzer versiyasiga Telegram akkauntingiz bilan kirasiz - daraja, do'stlar va kuchaytirgichlar Mini App bilan bir xil.
Kim yutadi?
Shahar - barcha mafiya va Manyak o'lsa. Mafiya - Manyak o'lgan va mafiya soni shahar odamlariga teng yoki ko'p bo'lsa. Manyak - yolg'iz tirik qolsa. 15 raunddan keyin g'olib bo'lmasa - durrang.

Bugun kechasi kim yo'qoladi?
Do'stlaringizni chaqiring va kim eng yaxshi yolg'onchi ekanini bilib oling.
Bepul. Yuklab olish va ro'yxatdan o'tish shart emas - Telegram akkauntingiz bilan kirasiz.